18:28 / 16.10.2019
0
15126
Messiga «Oltin butsa» topshirildi
Foto: FC Barcelona

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi faoliyatidagi oltinchi «Oltin butsa»ni oldi. 

O‘tgan mavsumda u 36ta gol bilan Yevropaning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan edi.

Messi «Oltin butsa»lari soni bo‘yicha peshqadamlik qilmoqda. Uning eng yaqin ta'qibchisi Krishtianu Ronaldu 4 marta bu sovrinni qo‘lga kiritgan.

Argentinalik futbolchi 2009/2010, 2011/2012, 2012/2013, 2016/2017 va 2017/2018 mavsumlarida ham «Oltin butsa» sohibi bo‘lgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top