Barselona» yetakçisi Lionel Messi ketma-ket uçinçi mavsumda «Oltin butsa» sovrini sohibiga aylanişi deyarli ma'lum bölib ulgurdi.

Leoning mazkur mukofot uçun raqobatdagi eng yaqin ta'qibçisi Kilian Mbappe juma kuni Fransiya çempionatining sönggi tur öyinida bitta gol bilan kifoyalandi. Uning 59-daqiqadagi goli jamoasi uçun yagona bölib qoldi – «PSJ» «Reyms» maydonida 1:3 hisobida yengildi.
Qayd etiş kerak, Mbappe Fransiya kubogi finalidagi intizomsizligi uçun uçta öyinga çetlatilgan, şu bois birinçi divizionning bundan oldingi uçta öyinida qatnaşa olmagan edi.
Kilian 29 öyinda urgan 33ta goli bilan Fransiya çempionati töpurari böldi, Messi esa avvalroq La Ligani 34ta uçraşuvdagi 36ta gol bilan yakunlagan edi.
3️⃣6️⃣ goals in @LaLigaEN = #GoldenShoe 18/19
— FC Barcelona (@FCBarcelona) May 24, 2019
👏 Congrats, Leo!
🏆👟⚽ pic.twitter.com/Gd7OYIb2zs
Kuçli beşlikda hali yakunlanmagan faqat Italiya çempionati qoldi. A Seriya töpurari bölib turgan Fabio Kvalyarella 36 öyinda 26ta töp kiritgan. «Sampdoriya» hujumçisi Messini ortda qoldiriş uçun ertaga, yakşanba kuni çempion «Yuventus» darvozasiga 11ta töp kiritişi talab etiladi.
Ta'kidlaş mumkinki, Lionel Messi qatorasiga uçinçi mavsumda «Oltin butsa»ni yutgan tarixdagi ilk futbolçiga aylanmoqda. Bu uning oltinçi «Soulier d'Or»i böladi.
1968 yilda ta'sis etilgan uşbu mukofotni, şuningdek, portugaliyalik Kriştianu Ronaldu («MYu», «Real») 4 marotaba qölga kiritgan. Yana 9 futbolçida 2tadan «Oltin butsa» bor.

















