30 yoşli hujumçi Italiya çempionati doirasida 35ta gol urdi.
31ta gol urgan «Yuventus» hujumçisi Kriştianu Ronaldu nazariy jihatdan unga yetib olişi mumkin edi. Çunki, dam oliş kunlari A Seriyaning yakuniy, 38-tur öyinlari ötkazilişi lozim edi. Ammo mudatidan oldin çempionlikni qölga kiritgan «Yuventus» Ronalduni «Roma»ga qarşi öyin qaydnomasiga kiritmadi.
Natijada, Immobile faoliyatida ilk marotaba nufuzli sovrinni qölga kiritdi. «Bavariya» hujumçisi Robert Levandovski 34ta gol bilan ikkinçi, Kriştianu Ronaldu 31ta gol bilan uçinçi böldi.
«Oltin butsa» sovrini 1968 yildan beri Yevropa çempionatlarida eng köp gol urgan futbolçilarga topşirilmoqda. Uni eng köp qölga kiritgan futbolçi «Barselona» hujumçisi Lionel Messi hisoblanadi – 6 marta (2010, 2012, 2013, 2017, 2018, 2019). Portugaliyalik töpurar Kriştianu Ronaldu hisobida 4ta sovrin bor (2008, 2011, 2014, 2015).
France Football 1992 yili «Oltin butsa»ni bekor qilgan – bir qalloblik tarixi

















