10:43 / 18.10.2019
1
4630
Haydovchilik guvohnomasini qalbakilashtirgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Foto: KUN.UZ

Buxoro viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan Buxoro shahridagi «Karvon bozori» hududida Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida yashovchi  M.Sh. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilganida, haydovchining 2016 yil 28 sentyabrda sodir etgan jinoyati fosh qilindi.

«Postda» nashrining yozishicha, avtomobil egasi M.Sh. kompyuter texnikasidan foydalanib, haydovchilik guvohnomasi, ogohlantirish taloniga «Imtihon komissiyasi raisi imzosi» va «Shaxsiy imzo» grafasidagi imzolarni hamda Surxondaryo viloyati IIB Sho‘rchi   3-TRIBning dumaloq muhrining shaklini rangli printer yordamida qalbakilashtirib, shu paytgacha undan foydalanib kelganligi aniqlandi.

Hozir ushbu holat yuzasidan fuqaro M.Sh.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top