O‘zbekiston hududlarida haydovchilik guvohnomalarini olib berish bilan bog‘liq firibgarliklar fosh etildi
Haydovchilik guvohnomalarini olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Pop tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, “T. O’.” MChJga qarashli avtomaktab o‘rgatuvchi-ustalari U.Sh., B.A. va J.D. fuqaro U.X.ga 1 300 AQSh dollari evaziga haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihonlarga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishini aytib, shundan 500 AQSh dollari 1,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday, departamentning Zafarobod tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, “O.Z.” MChJga qarashli avtomaktab o‘rgatuvchi-ustasi R.S. fuqaro E.F.ga 1 000 AQSh dollari evaziga haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihonlarga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishini aytib, oldindan 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Xo‘jayli tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro T.J. fuqaro F.K.ni tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yishi evaziga 6 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Taxiatosh tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazilgan.
Ularda, fuqaro M.Sh. fuqaro S.T.ni haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yishi evaziga 550 AQSh dollarini hamda fuqarolar M.D., R.U. fuqaro M.B.ni tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yishi evaziga 5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32
-
Dunyo parlamentlarida ayol siyosatchilarning soni va nufuzi ortmoqda - Martin Chungong
O‘zbekiston | 14:13
-
«Real» ham, «Barsa» ham chempionlik poygasida qoqildi. Kun o‘yinlari
Sport | 12:41
-
Go‘sht narxi oshishi: bunga qaysi omillar ta’sir qilyapti?
O‘zbekiston | 12:24
Mavzuga oid

11:12 / 15.01.2025
Germaniya o‘zbekistonlik haydovchilarni ishga taklif qilmoqda - DW

08:58 / 12.12.2024
Kun.uz surishtiruvidan so‘ng: “Halal Auto Leasing” firibgarlik sxemasiga nisbatan tergov boshlandi

22:25 / 20.10.2024
Firibgarlar Telegram orqali fotosurat ko‘rinishida virus yubormoqda

15:12 / 20.10.2024