11:59 / 19.10.2019
0
31553
Hindistonda marhum dafn kuni «tirildi»
Foto: Flickr / meg and rahul

Hindistonlik erkak o‘zini dafn qilayotgan kuni «qayta tirildi». 

Hindistonda 55 yoshli erkak dafn marosimi chog‘ida hushiga kelib, boshini afsus qilgandek qimirlatdi, deb xabar qilmoqda AsiaOne.

Nashrning xabariga ko‘ra, u echkilarni boqib yurgan vaqtda hushidan ketgan. Oila a'zolari uni vafot etgan deb ishongan va dafn marosimini tashkil etgan. 

Jasadni yerga qo‘yish chog‘ida marosimga kelganlardan biri erkakning boshini qimirlatganini sezib qolgan. 

Voqeadan so‘ng, oila o‘zini yo‘qotib qo‘ygan. Natijada erkak zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan. Unda kuchli bezgak aniqlangan. Ma'lum bo‘lishicha, uning tana harorati juda kuchli bo‘lgani bois, hushidan ketgani ma'lum bo‘lgan. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top