19:35 / 20.10.2019
0
66872
Qand kasalligiga qarshi kurashning eng yaxshi usuli ma'lum qilindi 

Britaniyaning Bat va Birmingem universitetlari olimlari nonushtagacha jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanuvchi odamlar mashqlarni nonushtadan keyin bajaruvchi odamlarga nisbatan 2 marta ko‘proq yog‘ yo‘qotishlarini aniqlashdi.  

Erta jismoniy faollik, shuningdek, qonda shakar miqdorini me'yorlashtirishda yordam beradi. Bu haqda EurekAlert! nashri ma'lum qildi. 

Olimlar olib borgan 6 haftalik tadqiqotda ortiqcha vaznga ega yoki semirishdan aziyat chekkan 30 erkak ishtirok etgan. Ishtirokchilar 2 guruhga bo‘linib, 1-guruhga kiruvchilar mashqlargacha, 2-guruhga kiruvchilar esa mashqlardan keyin nonushta qilishgan. Aniqlanishicha, och qoringa jismoniy faollik yog‘ning yaxshiroq yo‘qolishiga olib kelgan. Bu esa o‘z navbatida mashqlar vaqtida insulin darajasining kamayishi bilan bog‘langan. U, shuningdek, qonda shakar miqdorini optimal darajada ushlab, to‘qimalarning insulinga sezgirligini oshirgan. 

Ta'kidlanishicha, ikki guruhdagi erkaklar o‘rtacha bir xil vazn tashlashgan va o‘xshash jismoniy holatga ega bo‘lganlar. Biroq nonushtagacha mashq qilganlarning mushaklarida glyukozani tashishda va mushaklarda qon oqishida ishtirok etuvchi asosiy oqsillar ko‘paygani kuzatilgan.  

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top