15:09 / 21.10.2019
0
9915
Yunusobodda 240 mln so‘mlik firibgarlik holati fosh etildi

Yunusobod tumanida 240 mln so‘mlik firibgarlik holati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, mahkama huzuridagi Departamentning Yunusobod tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda fuqaro X.A. fuqaro S.R.ga o‘zini “F” MChJ xodimi deb tanishtirib, unga mazkur jamiyatga investitsiya sifatida mablag‘ kiritilsa katta miqdorda foyda olishi haqida ishontirib, uning ishonchiga kirib, 240 mln so‘mini qo‘lga kiritib, firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan X.A.ga nisbatan JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlar o‘tkazilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top