Toşkent şahar Yunusobod tumanidagi Toşkent kimyo-texnologiya instituti qoşidagi akademik litsey negizida qaytadan maktab taşkil etiş taklif qilindi. Gazeta.uzʼning xabar berişiça, bu haqda tuman hokimi Bahodir Abduvaliyev poytaxt hokimi Şavkat Umurzoqov bilan uçraşuvda bildirgan.
Qayd etilişiça, 9 aprel kuni Şavkat Umurzoqov tumanga taşrifi çoğida Yunusobod hokimi Şoştepa va Akbarobod mahallalari infratuzilmasi va qiyofasini yaxşilaş böyiça taqdimot ötkazgan.
Unda Abduvaliyev Mega Planet savdo markazi yonidagi 26,5 gektar maydonda joylaşgan Akbarobod mahallasini rivojlantiriş çora-tadbirlari haqida gapirgan. Ta’kidlanişiça, u yerdagi 21 ta uyda 3 248 nafar aholi istiqomat qiladi.
Saytning keltirişiça, hokim mahallaga avvallari şu hududda bölgan maktab zarurligini, 2007 yilda 960 örinli maktab binosi Toşkent kimyo-texnologiya instituti qoşidagi akademik litseyga berilgani, ammo şunga qaramay, u atigi 30 foiz quvvat bilan işlayotganini aytgan. Binoning bir qismi musiqa maktabiga aylangan.
“Litseyga sektor mudiri bilan şaxsan özim taşrif buyurdim. U yerda faqat 30 foiz öquv xonalari band, viloyatlardan kelgan talabalar tahsil olişadi. Sinf xonalarining 70 foizi böş. Şu bois litsey binosini kimyo sanoati tizimidan Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi balansiga qaytarib, öşa yerda yana maktab taşkil etişni taklif qilaman. Bu mahalla uçun zarur”, — degan hokim.
Poytaxt hokimi Umurzoqov bu taklifni körib çiqişni ta’kidlab, litseyni köçiriş uçun joy ajratiş zarurligini bildirgan.
Qöşimça qilinişiça, tuman hokimi litsey hududidagi 27,5 sotixli uçta böş yer uçastkasini “ölik va foydalanilmayotgan hovuz” deb atab, uning auksion orqali sotilişini hamda şu yöl bilan 22,5 mlrd söm (1 sotix uçun 65 ming dollar) jalb qilinişi kutilayotganini ma’lum qilgan. Savdodan tuşgan mablağni mahallani obodonlaştiriş, maktabni ta’mirlaşga yönaltiriş rejalaştirilgan.
2024 yilda Akbarobod mahallasida 9,5 milliard sömlik işlar amalga oşirilişi közda tutilgan.
“Maktablardan qölingizni torting: maktablar hududi faqat ta’lim uçun foydalanilişi kerak!”
Iqtisodçi Otabek Bakirovning masalaga e’tibor qaratişiça













