20:07 / 24.10.2019
0
9090
Tanzila Norboyeva Yaponiya imperatori va bosh vaziri bilan uchrashdi 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Yaponiyada rasmiy tashrif bilan qolmoqda.

Tanzila Norboyeva Yaponiyaning yangi imperatori Naruxitoning 22 oktyabrda tantanali taxtga o‘tirishi marosimida ishtirok etib, imperatorni taxtga o‘tirgani bilan tabrikladi. Tomonlar O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlashni davom ettirish istagini bildirishgan.

Shuningdek, tashrif davomida Senat raisi Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar izchillik bilan rivojlanayotgani ta'kidlab o‘tilgan. Ikki davlatning bir-biriga o‘zaro qiziqishi ayniqsa O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi arafasida oshmoqda. 

O‘zbekiston delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi davom etmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top