Nagoro qişloği Yaponiyaning Şikoku orolida joylaşgan, olis vodiyda joylaşgan qişloqqa avtobuslar qatnovi juda kam, eng yaqin poyezd stansiyasigaça 1 soatdan uzoqroq yuriladi. Lekin bu kiçik qişloqqa har yili 3 mingdan oşiq odam boradi. Sababi – uning ğayrioddiyligida.

Nagoroda aholi soni 27 kişi atrofida, eng yoş rezidentning yoşi ham 50 dan oşgan. Lekin bu yerda “yaşovçi” qöğirçoqlar soni esa odamlardan köproq: 300 dan oşiq qöğirçoqlar insonlar örnini egallagan.

- Öquvçilar örnini qöğirçoqlar egallagan qişloq maktabi

 

Nagoro qişloğida dastlab, 300 dan ortiq aholi yaşardi. Biroq 20-asr oxirlarida ularning soni kamaya boşlaydi. Yoşlar yaxşiroq hayot ilinjida katta şaharlarga köçib keta boşlaşadi, qişloqda qolgan yoşi kattalar keksayadi, ba’zilar vafot etadi.

Kamgina odam qolgan qişloqqa 2001 yilda şu yerda tuğilib-ösgan hunarmand Tsukimi Ayano otasiga ğamxörlik qiliş maqsadida qaytib keladi. U öşa payt yerga sepilgan uruğlarni quşlar yeb ketmasligi uçun öz otasi körinişidagi qöğirçoq qöriqçi yasab uni dalaga örnatadi. Va Ayanoda köçib ketgan odamlarning qöğirçoq modellarini yasaş ğoyasi tuğiladi.