12-18 aprel kunlari Yaponiyaning Yamagata universiteti delegatsiyasi hamda Kiçik biznesni rivojlantiriş jamğarmasi xodimlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatlarida bölib, mahalliy tadbirkorlar iştirokida öquv seminari ötkazişdi.
Şuningdek, “Kiçik biznesni uzluksiz qöllab-quvvatlaş” kompleks dasturi iştirokçisi bölgan, öquv kurslarini tugatib maxsus sertifikat asosida imtiyozli bank xizmatlaridan foydalanayotgan tadbirkorlar faoliyati bilan bevosita korxonalarning özida tanişuv taşkil etildi.
Tadbirkorlik faoliyatini közdan keçirgan yapon olimlari biznesni töğri taşkil etiş va rivojlantiriş yuzasidan tavsiyalar berdi.
Şundan keyin Toşkentda, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bu taşrif yakunlariga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi. Unda Yamagata universitetining tadbirkorlikka öqitiş ilmiy-innovatsion markazi direktori, NeC va Lenovo kompaniyalarining sobiq vitse-prezidenti professor Tadaşi Onodera loyiha haqida sözlab, viloyatlarga taşrifdan olgan taassurotlari bilan örtoqlaşdi.

Ma’lumot uçun, Özbekiston prezidentining 2023 yil 14 sentabrdagi “Kiçik biznesni rivojlantirişni moliyaviy va institutsional qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida, “Kiçik biznesni uzluksiz qöllab-quvvatlaş” kompleks dasturini amalga oşiriş va uni doimiy ravişda takomillaştirib boriş belgilangan.
Dasturga asosan, biznes könikmalarini şakllantiriş yönalişidagi qisqa va örta muddatli amaliy öquv kurslari bank qoşidagi Kiçik biznesni rivojlantiriş jamğarmasi tomonidan hududlarda taşkil etilgan 14 ta Kiçik biznesga kömaklaşiş markazlarida olib boriladi.

Prezident taşabbusi bilan tadbirkorlarni öqitiş jarayoniga Yaponiya tajribasini tatbiq etiş va bu borada Yaponiya ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yölga qöyişga e’tibor qaratilmoqda.
Joriy yilning 7 mart kuni Tokio şahrida bölib ötgan Özbekiston–Yaponiya biznes forumi davomida imzolangan şartnoma ham aynan şu maqsadga qaratilgan. Kelişuvga muvofiq, 10 ming nafar özbek tadbirkori Yaponiya tajribasi asosida öqitiladi, biznes könikmalarini rivojlantiriş, biznes-rejani işlab çiqiş, loyihalarni moliyalaştiriş manbalarini topiş kabi yönalişlarda öqitiladi.














