22:32 / 25.10.2019
0
13067
Josuslikda ayblangan rossiyalik Mariya Butina AQShda ozod etildi
Foto: TASS

Josuslikda ayblangan rossiyalik Mariya Butina AQShda turmadan ozod etilib, AQSh immigratsiya xizmati xodimlariga topshirildi.

Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Anatoliy Antonov jurnalistlarga Butinaning Moskvaga 26 oktyabrda qaytishini ma'lum qilgan.

“Qurol uchun huquq” jamoatchilik harakati asoschisi bo‘lgan Butina 2018 yil 15 iyulda AQShda josuslik va Rossiya agenti sifatida faoliyat yuritish gumoni bilan hibsga olingan. AQSh adliya vazirligi unga AQShda “xorijiy agent sifatida ishlash” ayblovini qo‘ygan.

Butina Rossiya hukumati manfaati yo‘lida til biriktirishda ayblangan. U Rossiya manfaatlarini ilgari surish uchun ameriklik siyosatchilarning Moskva bilan norasmiy kanalini yo‘lga qo‘yishga harakat qilgan.  

2019 yil aprelda Butina 18 oylik qamoq jazosiga hukm qilingan. U jazo muddatining 9 oyini tergov borayotgan vaqtda o‘tkazgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top