14:36 / 26.10.2019
0
10619
AQSh O‘zbekistonga avtomobildagi kontrabandani qidirishga mo‘ljallangan vositalar to‘plamini taqdim etdi

AQSh O‘zbekistonga avtotransportda olib o‘tilishi mumkin bo‘lgan kontrabandani qidirish va aniqlashga mo‘ljallangan vositalar to‘plamini taqdim etdi.

Davlat bojxona qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2019 yilning 23 oktyabr kuni AQSh Davlat departamentining “Eksport nazorati va chegaralar xavfsizligi” (EXBS) dasturining maslahatchisi N.Kavallero bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Uchrashuv doirasida Davlat bojxona qo‘mitasiga avtotransport vositalarining ko‘z ilg‘amas bo‘shliqlarida olib o‘tilishi mumkin bo‘lgan kontrabanda ashyolarini qidirish va aniqlashga mo‘ljallangan 23 ta “ST-40” inspeksion ko‘rik vositalari to‘plamlari beg‘araz ko‘mak sifatida taqdim qilindi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Ta'kidlanishicha, hozirga qadar ushbu dastur doirasida davlat bojxona xizmati organlariga umumiy qiymati qariyb 5 million AQSh dollariga teng texnik vositalar taqdim etilgan, shuningdek respublika bo‘yicha va xorijda bo‘lib o‘tgan 30 dan ortiq seminar, trening, konferensiya va boshqa o‘quv tadbirlarida Davlat bojxona qo‘mitasining 200 nafardan ortiq xodimlarining ishtiroki ta'minlangan. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top