11:24 / 29.10.2019
1
3225
Bir hafta davomida onlayn auksion orqali 3,5 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi 
Foto: KUN.UZ

2019 yilning 21-27 oktabr kunlari onlayn auksion orqali 3,5 mlrd so‘mlik avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqda “O‘zRTXB” xabar bermoqda.

Shu kunlar davomida 921,0 mlrd so‘mlik bitimlar tuzildi, bu avvalgi haftadagi natijaga nisbatan 0,5 foizga yuqori. Kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 4 foizga o‘sib, 456,7 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Birja savdolarining hajmi 765,2 mlrd so‘mni tashkil etdi. Valuta savdo maydonchasi orqali deyarli 464,6 ming AQSh dollarga teng tovarlar sotildi. Eksportning tarkibida 409,5 ming AQSh dollarlik polimer mahsulotlari va 55,1 ming AQSh dollarlik sanoat moyi sotildi.

Ko‘rgazma-yarmarka savdolarning haftalik hajmi ikki marotabadan ko‘pga oshgan bo‘lib 52,1 mlrd so‘mni tashkil qildi. Kichik biznes sub'yektlari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar 33,6 mlrd so‘mni yoki tuzilgan bitimlarning 64,5 foizni egalladi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 777 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3,5 mlrd so‘mni tashkil qildi. Savdolar natijasida bitimlarning 17,2 foiz birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 47,5 foiz ikkinchi va 35,3 foiz uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli bo‘ldi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top