Tovar-xomaşyo birjasida ötkazilgan onlayn auksionda +998200000000 mobil raqami 1 mlrd 70 mln sömga sotilgan. Auksion qoidalariga köra, xaridordan komissiya yiğimi (bu yerda 32,4 mln söm) ham undirilişi közda tutilgan. Mijoz jismoniy şaxs ekani körsatilgan.

Tovar-xomaşyo birjasi axborot xizmatining ma’lum qilişiça, auksion ğolibi tomonidan tölov amalga oşirilsa, bu birja rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi. Mijoz belgilangan miqdordagi tölovni 5 iş kuni içida qilişi kerak.
Ma’lumot uçun, Özbekistonda mobil raqamlarni auksion orqali sotiş jarayoni 2019 yilning 4 iyunidan boşlab yölga qöyilgan. Auksion onlayn şaklda mobilraqam.uzex.uz veb-sayti orqali ötkaziladi.











