Tovar-xomaşyo birjasida ötkazilgan onlayn auksionda +998200000000 mobil raqami 1 mlrd 70 mln sömga sotildi. Uşbu körsatkiç birjaning mobilraqam.uzex.uz savdo tizimi işga tuşirilgan paytdan buyon mobil raqamning eng maksimal bahosi hisoblanadi.
«Mazkur mobil raqam jismoniy şaxsga möljallangan bölib, uning boşlanğiç narxi 200 000 000 sömni taşkil qilgan. Uç soatdan köp vaqt mobaynida davom etgan onlayn-savdolar davomida 10 ta talabgor iştirok etib, ular tomonidan 87 marotaba narx takliflari berilgan. Buning natijasida mobil raqamning boşlanğiç bahosi 5 barobarga ösdi», deyiladi birja matbuot xizmati xabarida.
Endilikda, auksion ğolibi mobil raqamni 10 iş kuni davomida uyali aloqa operatorida rasmiylaştirişi kerak.
Auksion qoidalariga köra, xaridordan komissiya yiğimi (bu yerda 32,4 mln söm) ham undirilişi közda tutilgan. Natijada mazkur mobil raqam xaridor uçun qariyb 1,1 mlrd sömga aylanadi.
Ma’lumot uçun, Özbekistonda mobil raqamlarni auksion orqali sotiş jarayoni 2019 yilning 4 iyunidan boşlab yölga qöyilgan. Auksion onlayn şaklda mobilraqam.uzex.uz veb-sayti orqali ötkaziladi.












