15:20 / 29.10.2019
0
6742
Surxondaryoda «Kamaz» ishtirokidagi YTH oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

28-29 oktabr kunlarida Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida 3ta yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi va 2 kishi halok bo‘ldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur YTHlar oqibatida jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilayotgani haqida xabar berdi.

28 oktabr kuni soat taxminan 19:55da Surxondaryo viloyati Sherobod tumani «Gurin» MFY hududida «Kamaz» va «Matiz» avtomobillari to‘qnashishi natijasida 4 kishi turli darajada jarohatlangan. Ushbu holat yuzasidan tez tibbiy yordam brigadasi voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida jarohatlangan 4 nafar bemor - 1982 yilda tug‘ilgan X.B. «Bosh miya yopiq jarohati, ikkala oyoq sinishi» tashxisi, 1982 yilda tug‘ilgan S.M., 2010 yilda tug‘ilgan L.R. hamda 2013 yilda tug‘ilgan M.R. «Bosh miya yopiq jarohati» tashxislari bilan Sherobod tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan. Bemorlar malakali shifokorlar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilib, zamonaviy davolash standartlari asosida tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

29 oktabr kuni soat taxminan 00:45da Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani «Sharg‘un» MFY hududida «Kamaz» rusumli avtomobil yo‘ldan chiqib ketishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. Natijada 4 nafar fuqaro jarohatlangan. Mazkur holat yuzasidan tez tibbiy yordam brigadasi voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan. 1990 yilda tug‘ilgan A.D. voqea joyida vafot etgan.1993 yil tug‘ilgan N.A. ham birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramasdan vafot etgan.

Qolgan ikki nafar fuqaro - 1987 yil tug‘ilgan A. D. «Bosh miya yopiq jarohati, tananing kompulaksion sinishi» tashxisi hamda 1990 yilda tug‘ilgan N.G. «Bosh miya yopiq jarohati, chap chanoq peshona yuz, ikkala qo‘l kaft va tizza sohalari ezilgan va shilingan jarohati» tashxisi bilan og‘ir ahvolda Sariosiyo tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan. Ularga zamonaviy davolash standartlari asosida tezkor va malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

28 oktabr kuni soat taxminan 20:00da Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidan o‘tgan «M-39» yo‘lida «Damas» va «Jiguli» avtomobillari to‘qnashishi natijasida 4 nafar fuqaro turli darajada jarohatlangan. 1996 yilda tug‘ilgan A.G. «Bosh miya lat yeyishi, qorin bo‘shlig‘i a'zolarining yopiq shikastlanishi» tashxisi, 1985 yil tug‘ilgan Sh.J. «Bosh miya chayqalishi» tashxisi, 1992 yilda tug‘ilgan J.E. «Bosh miya lat yeyishi, pastki jag‘ suyagining yopiq sinishi, qorin bo‘shlig‘i a'zolarining yopiq shikastlanishi» tashxisi hamda 1985 yilda tug‘ilgan S.M. esa «Ochiq kalla miya shikastlanishi, ikkala son bo‘laklanib sinishi, o‘ng yelka suyagining ochiq bo‘laklanib sinishi. Postgemorragik va posttravmatik shokning og‘ir darajasi» tashxisi bilan Qamashi tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan. Ularga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

«Bemorlarning ahvoli malakali shifokorlar nazoratida», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top