19:45 / 30.10.2019
0
5257
OAV: Erdo‘g‘anning AQShga tashrifi hozircha so‘roq ostida turibdi

Avvalroq Turkiya AQSh kongressi vakillar palatasining armanlar genotsidi va Anqaraga qarshi sanksiyalar kiritish to‘g‘risidagi qarori ikki davlatning strategik munosabatlariga zid ekanligini bildirgandi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQShga tashrifi borasida yakuniy qarorga kelmaganligini bildirdi. Bu haqda Onado‘lu agentligi xabar berdi.

Agentlikning xabariga ko‘ra, Turkiya rahbari Qo‘shma Shtatlarga amalga oshirilishi mo‘ljallangan tashrifi so‘roq ostida ekanligini aytgan.

Turkiya prezidenti o‘tgan haftada 13 noyabr kuni Amerika prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan AQShga tashrif buyurmoqchi ekanligini ma'lum qilgandi.

Avvalroq Turkiya AQSh kongressi vakillar palatasining armanlar genotsidi va Anqaraga qarshi sanksiyalar kiritish to‘g‘risidagi qarori ikki davlatning strategik munosabatlariga zid ekanligini bildirgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top