16:40 / 10.11.2019
5
18932
Sariosiyodagi qishloqda tok pastligidan elektr hisoblagichlar ham ishlamayapti - video

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi Marjona mahallasi ahli duch kelgan ichimlik suvi muammosi haqida oldin ham reportaj uyushtirgan edik.

Endi sovuq fasllar kelib, qishloq ahli elektr toki pastligidan aziyat chekmoqda. Garchi qishloqda elektr energiyasi uzluksiz berilayotgan bo‘lsa-da, uning kuchlanishi keskin pasayib ketdi va qishloq deyarli zulmat ichida qolgan.

Xonadonlarga kechqurunlari 35-60 volt kuchlanishda elektr energiyasi uzatilmoqda. Bu quvvat hattoki xonalarni yoritishga ham yetmayapti. Shu sababli hattoki energiya tejamkor lampalar ham ishlamay qolmoqda.

Aholi maishiy texnikalari ishlashi uchun invertor yordamida tokning kuchlanishini 128-130 voltgacha ko‘tarishga majbur bo‘lishmoqda. Tok kamligidan suv isituvchi boyler ishlamayapti. Eng hayratlanarlisi — elektr hisoblagichlar ham tok pastligidan ishlamay qolyapti.

Aholining mutasaddilarga bu boradagi murojaatlariga tayinli javob berilmayapti. Qishloqqa kattaroq quvvatdagi transformator podstansiyasi kerak.

Qishloqqa tabiiy gaz ham o‘tkazilmagan. Xayriyat ko‘mir koni yaqin. Sovuq kunlarda uylar ko‘mir yordamida isitiladi. Marjonaliklar og‘ir sharoitlardan tezroq forig‘ bo‘lishni istaydi.

Sh.ShOKIRJONOV tayyorladi.

Mavzu
Kun.uz surishtiruvi
Kun.uz xalq murojaatlari asosida joylarda bo‘lib, muammolarni o‘rganmoqda va xolisona yoritmoqda.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top