Surxondaryo viloyatining olis Sariosiyo tumani «Marjona» mahallasidan tahririyatimizga kelib tuşgan murojaatni örganiş uçun uşbu mahallaga yöl oldik. Bugungi kunda mahalla ahlini toza içimlik suvi muammosi qiynab kelmoqda.
Mahalla faollarining viloyat va tumandagi mutasaddi taşkilotlarga murojaatiga va'dalardan boşqa javob berilmayapti.
Video: Youtube
Video: Mover (tas-ix)
Mahalla fuqarolari yiğini mas'ul kotibi Botir Bötayevning muxbirimizga bildirişiça, «Marjona» mahallasida ayni kunda yaşovçi aholi soni 4440 nafarni taşkil etadi. 672ta xöjalikda 1122 oila istiqomat qilmoqda.

Hisor toğ tizmasi etagida joylaşgan mazkur xuşhavo qişloqda örtasidan Şarğunsoy daryosi oqib ötadi. Biroq ular ayni kunlarda ariqlarda şaldirab oqayotgan loyqa suvni tinitib, qaynatib içişmoqda yoki dara böylab joylaşgan buloqlardan suvni taşib içişadi.

Daryo va undan ariqlarga olinayotgan suvning loyqalanişiga sabab nima?
Gap şundaki, qişloqning yuqoriroğida joylaşgan korxonalardan çiqayotgan oqova suvlar nomigagina tindirilib, daryoga oqizilmoqda. Buning natijasida daryoning zilol suvi qizğiş rangga kirib, loyqalanmoqda.





















