09:41 / 15.11.2019
0
5213
Jamshid Qo‘chqorov OTB prezidenti bilan uchrashdi. Shaharsozlik va chorvachilik bo‘yicha bitimlar imzolandi
Foto: Moliya vazirligi axborot xizmati

Joriy yilning 13 noyabr kuni Moliya vazirligida OTB prezidenti va direktorlar kengashi raisi Takexiko Nakao bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv boshida tomonlar O‘zbekiston Respublikasidagi makroiqtisodiy vaziyat, mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy va sohaviy islohotlarni amalga oshirishda OTB bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Bular orasida, bank sektorini isloh qilish, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya va shaharsozlik sohalarida ekspert yordami bor.

O‘zbekiston Respublikasining 2020 yilgi Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi va unda ko‘zda tutilgan soliq-budjet tizimidagi o‘zgarishlar alohida qayd etildi. Bular qatorida butun budjet tizimining ochiqligi va oshkoraligini oshirishga qaratilgan normalar bilan bir qatorda mahalliy budjetlar roli va majburiyatlarining ortishi ham bor.

Uchrashuv doirasida shaharsozlikni va chorvachilikni rivojlantirish loyihalari bo‘yicha zayom bitimlari imzolanishi ham bo‘lib o‘tdi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top