OTB O‘zbekistonga qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarishda yordam beradi
OTB sektori katta direktori 2025–2026 yillarga mo‘ljallangan «Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish» loyihasi 2-bosqichini boshlash taklifini bildirdi.

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov Osiyo taraqqiyot banki Suv va shaharsozlikni rivojlantirish sektori katta direktori Norio Saito bilan uchrashdi.
BMTning cho‘llanish, yerlarning degradatsiyasi va qurg‘oqchilikka qarshi konvensiyasi ijrosini ko‘rib chiqish qo‘mitasi 21-sessiyasi doirasida tashkil etilgan uchrashuvda Aziz Abduhakimov Osiyo taraqqiyot banki bilan samarali hamkorlik o‘rnatilganini alohida ta’kidladi.
Uchrashuv davomida shaharlarni kompleks rivojlantirish, ekologiya sohasidagi xodimlar malakasini oshirish, Yaponiyadagi chiqindini qayta ishlash sohasidagi kompaniyalarni O‘zbekistonga jalb qilish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Norio Saito 2025–2026 yillarga mo‘ljallangan «Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish» loyihasi 2-bosqichini boshlash taklifini bildirdi.
Yaponiyadagi chiqindi sohasida yetakchi kompaniyalarni O‘zbekistonga jalb qilish, sohada Osiyo taraqqiyot banki tomonidan investitsiyalarni olib kirish, grantlar ajratilishi hamda vazirlik va quyi tashkilotlar xodimlari malakasini oshirish borasida o‘zaro hamkorlik qo‘llab-quvvatlanadigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, OTB tomonidan Markaziy hamda G‘arbiy Osiyo hududlarida amalga oshirilayotgan loyihalarning 17 foizi O‘zbekistonga to‘g‘ri kelmoqda. Mamlakat mintaqada bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinda. Joriy yilda jami 3,5 milliard dollarga yaqin miqdorda 25 ta loyiha imzolangan.
Shuningdek, Samarqandda BMTning cho‘llanish, yerlar degradatsiyasi va qurg‘oqchilikka qarshi konvensiyasi ijrosini ko‘rib chiqish qo‘mitasi 21-sessiyasi doirasida mahalliy va xalqaro olimlar, mutaxassislar ishtirokida ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi.
«Tadbirda asosiy masala qurg‘oqchilik, yerlarning degradatsiyasi va cho‘llanishga qarshi kurashda ta’lim, ilm-fanning ahamiyatini oshirish, innovatsion yondashuvlarga qaratildi, — dedi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalar ilmiy-tadqiqot instituti direktori Baxtiyor Po‘latov. — Chet ellik mutaxassislarga yurtimizda qilinayotgan ishlar haqida ma’lumot berdik. Ularga, Orol dengizi hududida cho‘llanishga qarshi olib borilayotgan ishlar, ayniqsa, juda ko‘p miqdorda saksovul o‘simligi ekilayotganligi ma’qul keldi. Bugungi kunda cho‘llanishga qarshi kurashda suv resurslarini saqlab qolish juda muhim hisoblanadi. Olimlar bilan muhokamalarda shu mavzuga ham e’tibor qaratdik».
Muzokaralar davomida chang va qum bo‘ronlari asosiy e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan masalalardan ekani ta’kidlandi.
«Cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashda innovatsiyalar va yangi texnologiyalar juda muhim hisoblanadi. Biz turli xil amaliyotlarning biofizik va ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarini ko‘rib chiqdik, qum va bo‘ronlarning qaynoq nuqtalarini aniqlash kabi masalalarni ko‘rib chiqdik, — dedi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti vakili Feras Ziadat. — Maqsadimiz qum va changni keltirib chiqaradigan omillarni aniqlash va bartaraf etishdir. Chunki bu nafaqat Markaziy Osiyo, balki boshqa qit’alarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, qum va chang bo‘roni dunyoning 151 ga yaqin davlatiga ta’sir qilmoqda».
Tadbir yakunida cho‘llanish, qurg‘oqchilikka qarshi kelajakda qilinishi kerak bo‘lgan ishlar belgilab olindi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Federal zaxira tizimi sobiq xodimi Xitoy foydasiga josuslik qilganlikda ayblanmoqda
Jahon | 21:46
-
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
Jahon | 21:25
-
Hannover banki Germaniya sobiq kansleri Shryoderning hisobraqamini bloklagan - Bild
Jahon | 21:10
-
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
Jahon | 20:17
Mavzuga oid

08:52 / 12.05.2025
O‘zbekistonda OTB ishtirokida 23 ta yangi loyiha amalga oshiriladi

11:08 / 14.04.2025
Birminghemda chiqindi yig‘uvchilarning ish tashlashi: hukumat qo‘shinlarni jalb qildi

23:07 / 02.04.2025
Germaniyada chiqindini kim noto‘g‘ri saralayotganini aniqlashda sun’iy intellektdan foydalanish boshlandi

15:11 / 26.03.2025