OTB O‘zbekistondagi qishloq yo‘llarini yaxshilashga 240 mln dollar ajratadi
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistondagi 700 kilometrlik qishloq yo‘llari infratuzilmasini yaxshilashga 240 mln dollar kredit ajratadi. Bu haqida bank axborot xizmati xabar berdi.
“O‘zbekiston dengizga chiqishi uchun ikki davlat hududini kesib o‘tishga to‘g‘ri keladi va aholisining qariyb yarmi uchun qishloq xo‘jaligi asosiy tirikchilik manbai hisoblanadi. Xavfsiz, ishonchli va iqlimga chidamli qishloq yo‘llari orqali qishloq jamoalari hamda bozorlar o‘rtasidagi aloqani saqlab qolish inklyuziv va barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishish uchun muhim ahamiyatga ega" deydi OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha Bosh direktori Yevgeniy Jukov.
Loyiha doirasida asosiy e’tibor 12 ta viloyat va Qoraqalpog‘istondagi mahalliy va xo‘jaliklararo qishloq yo‘llarini yaxshilashga qaratiladi. Xususan, qirg‘oqlar, ko‘priklar, suv o‘tkazgichlar va drenaj tizimlarini kuchaytirish orqali ularning transport qatnovi sig‘imi, sifati, aloqa, xavfsizlik va iqlimga chidamliligi oshiriladi.
Joriy yil davomida O‘zbekistonga OTB tomonidan ajratilgan mablag‘lar:
- O‘zbekistonda kichik va o‘rta korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun 100 million dollar miqdorida qarz;
- Elektromobillarni ommalashtirish uchun 170 mln dollar (zayom mablag‘ining 65 mln dollari grant va qolgan 105 mln dollari qarz);
- Elektr taqsimlash tizimini raqamlashtirish uchun 200 mln dollar;
- Inson kapitalini rivojlantirish uchun 93 mln dollar;
- Elektr uzatish liniyalarini qayta ta’minlash, kichik stansiyani rekonstruksiya qilish uchun 125 mln dollar qarz;
- “O‘zbekistonda shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasini amalga oshirish uchun 59 mln dollar qarz;
- Iqtisodiy boshqaruvni yaxshilash uchun 150 mln dollar.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har ikki tomon ham yon berishi kerak - AQShning yangi davlat kotibi Ukrainadagi sulh haqida
Jahon | 15:12
-
O‘lim uchun “navbat kutish” – dunyodagi eng baland cho‘qqiga chiqish mashaqqatlari haqida
Jahon | 15:06
-
To‘qimachilik sanoatida qayta ishlash zanjiri rivojlantiriladi
O‘zbekiston | 15:04
-
Zelenskiy: Ukrainaga kamida 200 ming nafar tinchlikparvar kerak
Jahon | 14:28
Mavzuga oid
13:18 / 16.01.2025
Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash qanday moliyalashtiriladi?
13:16 / 11.01.2025
Obodonlashtirish boshqarmalari tarkibida ichki yo‘llarni saqlash uchastkalari tashkil etiladi
14:43 / 20.12.2024
OTB O‘zbekistonda maktabgacha ta’limni yaxshilashga ko‘maklashadi
09:45 / 18.12.2024