21:10 / 28.11.2019
1
11752
Tusk Donald Tramp Yevropa Ittifoqi parchalanib ketishini orzu qilishini aytdi
Donald Tusk

Yevropa kengashi prezidenti Donald Tusk adashi - AQSh prezidenti Donald Trampni Yevropa Ittifoqi uchun “ehtimol, eng murakkab chaqiriq” deb atadi, chunki Oq uy rahbari ittifoqning parchalanib ketishini “iltijo qiladi”.  

“Tarixda birinchi marta AQSh prezidenti birlashgan Yevropaga qarshi chiqmoqda. U Brexit’ni qo‘llab-quvvatlamoqda va Ittifoqning parchalanishini tangridan iltijo qilmoqda”, deb aytgan Tusk Die Zeit nemis nashriga bergan intervyusida.  
 
Tuskning aytishicha, u kabi o‘z lavozimini tark etadigan Yevrokomissiya prezidenti Jan-Klod Yunker ham Trampni Yevropa Ittifoqiga qarshi kayfiyatlarni avj oldirish nomaqbulligidan ogohlantirgan.  

Yevrokengash rahbarining aytishicha, Trampning Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishidan manfaatdorlik bildirishi “hayratlantiradi va achchiqlantiradi”.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top