Turistlar soni mahalliy aholidan ko‘proq bo‘lgan shaharlar nomi e'lon qilindi
Viza xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi ESTA firmasi mahalliy aholidan ko‘ra turistlar soni ko‘proq bo‘lgan shaharlar nomini e'lon qildi.
Ekspertlar dunyoning yirik shaharlaridagi turistik oqim hajmini o‘rgandi va har 100 nafar mahalliy aholiga necha nafar turist to‘g‘ri kelishini hisoblab chiqdi.
Ro‘yxatda birinchi o‘rinni Mayami egalladi. Bu shaharda har yuz nafar mahalliy aholiga 1641 nafar mehmon to‘g‘ri keladi. Undan keyingi o‘rinni 100ga 993 nisbat bilan Las-Vegas egalladi. Turistlar soni mahalliy aholidan olti baravar ko‘proq bo‘lgan Dubay uchinchi o‘ringa joylashdi. Edinburgda har yuz shaharlikka 445 nafar turist to‘g‘ri kelsa, Dublinda bu raqam 100ga 427ni, Hongkongda 100ga 398ni va San-Fransiskoda 100ga 392ni tashkil etadi.
Mahalliy aholidan ko‘ra turistlar ko‘proq bo‘lgan shaharlar o‘nligini Vena (100ga 329) va Singapur (100ga 316) yakunlab beradi.
Mavzuga oid
11:15 / 28.12.2024
Konlardagi portlatishni kuzatish, pulli asosda o‘q otish va davlat tashkilotlari binolariga tashrif – O‘zbekistonda turizmning yangi yo‘nalishlari tayyorlanmoqda
20:15 / 26.12.2024
Mirziyoyev: YeOII davlatlari fuqarolariga ichki hujjatlari bilan O‘zbekistonga kirish imkonini berishga tayyormiz
22:53 / 16.12.2024
Emin Agalarov Chorvoq bo‘yida Sea Breeze Uzbekistan turistik markazini qurmoqchi
18:14 / 16.12.2024