10:37 / 13.12.2019
0
5946
«Chimyon» hududida qor ko‘chkisi xavfi e'lon qilindi
Foto: imagesait.ru

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi «Chimyon» hududida qor ko‘chkisi xavfi borligi haqida e'lon qildi.

Qayd etilishicha, «Chimyon» hududida 2019 yilning 13 dekabr soat 08:00 dan 14 dekabr soat 08:00 gacha qor ko‘chkisi xavfi mavjud.

«Hurmatli dam oluvchilar! Ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishingizni va «Diqqat! Qor ko‘chishi xavfi mavjud» belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni iltimos qilamiz», - deyiladi e'londa.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top