1–5 fevral kunlari kutilayotgan yoğingarçilik va havo haroratining özgarişi munosabati bilan Özbekistonning ikki viloyatida qor köçkisi xavfi e’lon qilindi.

«Özgidromet» ma’lumotiga köra, 1–5 fevral kunlari kutilayotgan yoğingarçilik hamda havo haroratining özgarişi sababli respublikaning toğli hududlarida, jumladan:

  • Toşkent viloyati: Böstonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Çotqol tizmasi toğlari);
  • Namangan viloyati Pop tumanida qor köçiş xavfi e’lon qilindi.

Bundan avvalroq «Özgidromet» qişning sönggi oyi sovuq havo bilan boşlanişi, harorat keçasi 0…–5, kunduzi +2…+7, ayrim joylarda 0 darajagaça tuşişi haqida xabar bergandi. Yomğir va qor körinişidagi yoğingarçilik 1 fevral va 4 fevral kunlari respublikaning markaziy va şarqiy viloyatlarida, 3 fevralda janubiy viloyatlarida kuzatiladi.