09:50 / 13.12.2019
0
33050

Eng kuchli harbiy aviatsiyaga ega davlatlar ma'lum qilindi 

Foto: flightglobal.com

Flight International nufuzli britan nashri dunyoning eng kuchli harbiy-havo kuchlariga ega davlatlar reytingi keltirilgan World Air Forces 2020 tadqiqoti natijalari bilan bo‘lishdi.

Unga ko‘ra, reytingda AQSh yetakchilik qilmoqda. Hozirda AQSh harbiy-havo kuchlari (HHK) 13300 ta jangovar samolyotga ega. Bu esa dunyodagi jami harbiy parvoz qurilmalarining 25 foizini tashkil qiladi. AQShning F-16 qiruvchi samolyoti esa boshqa davlatlar HHKda eng keng tarqalgan samolyot (2280 ta) hisoblanadi.     

2-o‘rinni Rossiya egallagan. Uning harbiy-havo floti 4163 ta jangovar samolyotga ega (dunyodagi jami jangovar parvoz qurilmalarining 8 foizi). Rossiya o‘z qiruvchi samolyotlari va vertolyotlarining xorijda keng tarqalgani bo‘yicha ham 2-o‘rinda turadi. Turli davlatlar qurollanishida 1067 ta Su-27/30 samolyotlari va 2 865 ta Mi-8/17 vertolyotlari bor.

Keyingi o‘rinlarni Xitoy (3-o‘rin, 3210 ta samolyot), Hindiston (2123 ta), Janubiy Koreya (1649 ta) va Yaponiya (1561 ta) egallagan.

Avvalroq eng kuchli harbiy flotga ega davlatlar reytingi e'lon qilingandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top