19:49 / 23.12.2019
0
6175

Boeing rahbari lavozimini tark etdi

Dennis Melenberg / Foto: Reuters

Boeing kompaniyasi rahbari Dennis Melenberg is'tefoga chiqdi. Bu haqda kompaniya saytida ma'lum qilingan.

Ta'kidlanishicha, uning lavozimini vaqtinchalik Greg Smit egallab turadi. 2020 yil 13 yanvardan esa kompaniya rahbari lavozimini Deyv Kalxun egallaydi.

“Direktorlar kengashi rahbariyatning o‘zgartirilishi kompaniya oldinga harakatlanayotganiga ishonchni tiklash uchun zarur, deb qaror qildi”, deyilgan xabarda.

Kalxunning aytishicha, u Boeing va 737 MAX samolyotlari kelajagi porloqligiga ishonadi.

17 dekabrda kompaniya 2020 yil yanvardan 737 MAX samolyotlarini ishlab chiqarishni to‘xtatishini ma'lum qilgan.

AQSh kompaniyasi 737 MAX 8 rusumidagi samolyotlari ishtirokida yarim yil ichida ikkita aviahalokat yuz bergach muammolar girdobida qolgandi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top