Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boeing 737 MAX 9 parvozlari noma’lum muddatga to‘xtatildi
Boeing 737 MAX 9 «biz bu xavfsiz ekanligiga to‘liq ishonch hosil qilmagunimizcha osmonga qaytmaydi», deya ma’lum qildi AQSh federal aviatsiya boshqarmasi.

Foto: NsB/Handout via REUTERS
AQSh federal aviatsiya boshqarmasi (FAA) Boeing kompaniyasidan 737 MAX 9 samolyotini foydalanishga qaytarish bo‘yicha kompaniya taklif etgan tekshirish va texnik xizmat ko‘rsatish jarayonini tasdiqlashdan oldin qo‘shimcha ma’lumot taqdim etishni talab qildi. FAA juma kuni e’lon qilgan bayonotda aytilishicha, Alaska Airlines’dagi hodisadan so‘ng foydalanishdan chiqarilgan model «biz bu xavfsiz ekanligiga to‘liq ishonch hosil qilmagunimizcha, osmonga qaytmaydi».
FAA Boeing protseduralaridan foydalangan holda 40 ta samolyotni tekshirishdan ma’lumotlarni to‘plashni rejalashtirmoqda, so‘ng bu jarayon foydalanishdan olingan qolgan samolyotlar uchun mos keladimi yoki yo‘qmi, bu bo‘yicha qaror qabul qiladi. «Eng yuqori xavfsizlik standartlarini saqlab qolish uchun agentlik 40 ta tekshiruvning birinchi bosqichida olingan ma’lumotlarni ko‘rib chiqmaguncha tekshirish va texnik xizmat ko‘rsatish jarayonini tasdiqlamaydi, - deyiladi bayonotda. - Ma’lumotlar to‘liq ko‘rib chiqilgandan so‘ng, FAA ko‘rsatmalar eng yuqori xavfsizlik standartlariga javob beradimi yoki yo‘qmi, shuni aniqlaydi».
AQShda 171 ta samolyot foydalanishdan chiqarildi
Qo‘shma Shtatlarda jami 171 ta Boeing 737 MAX 9 samolyoti parvozlarga chiqarilmayapti, ushbu modeldan foydalanayotgan Alaska Airlines va United Airlines FAA’ning favqulodda tekshiruvlar bo‘yicha yangilangan ko‘rsatmalarini kutmoqda. «Biz shunga o‘xshash narsa boshqa takrorlanmasligini ta’minlash uchun harakat qilmoqdamiz, - dedi FAA ma’muri Maykl Uitaker. - Bizning yagona tashvishimiz - amerikalik sayohatchilarning xavfsizligi».
Boeing FAA bilan to‘liq hamkorlik qilishga va’da berib, qo‘shimcha tekshiruvlarni to‘g‘ri qabul qildi. «Biz sifat va xavfsizlikni yaxshilashga qaratilgan barcha harakatlarni qo‘llab-quvvatlaymiz», deyiladi kompaniya bayonotida.
Parvoz paytida Boeing samolyoti fyuzelyajining bir qismi uzilib ketdi
Boeing 737 MAX 9 samolyotini navbatdagi tekshiruvdan o‘tkazishga sabab bo‘lgan voqea mahalliy vaqt bilan 5 yanvar kuni kechqurun Amerikaning Oregon shtati uzra sodir bo‘lgan. Portlenddan Kaliforniyaga yo‘l olgan samolyot parvozga ko‘tarilganidan 20 daqiqa o‘tib korpus fyuzelyajining bir qismi illyuminator bilan birga uzilib ketdi.
New York Times xabariga ko‘ra, gap «eshik tayanchi» deb ataladigan narsa haqida ketmoqda - ishlab chiqaruvchi favqulodda chiqish uchun mo‘ljallangan joyga o‘rnatishi kerak bo‘lgan samolyot fyuzelyajining bir qismi, undan samolyotning yakuniy konfiguratsiyasida voz kechildi.
Samolyot Portlend aeroportiga qaytib, favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Kabinada havo bosimi pasayib ketganligi sababli, uzilib ketgan fyuzelyaj yonidagi o‘rindiqlardan birida o‘tirgan o‘smir yengil jarohatlar oldi, boshqa jabrlanuvchilar haqida xabar berilmagan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda yoshlarni zaharlayotgan dorifurush qo‘lga olindi
Jamiyat | 09:50
-
Yunusobodda ishlab chiqarish sexida yong‘in ro‘y berdi
Jamiyat | 09:35
-
Mahalliy aviaqatnovlarni subsidiyalashning yangi tartibi tasdiqlanadi
O‘zbekiston | 09:22
-
Isroilning G‘azoga hujumida 39 falastinlik, jumladan, bolalar halok bo‘ldi
Jahon | 08:58
Mavzuga oid

21:52 / 04.07.2025
Boeing 2,8 mlrd dollar evaziga Pentagonga ikkita sun’iy yo‘ldosh yetkazib beradi

17:55 / 30.06.2025
Hindistondagi Boeing Dreamliner halokatiga sabotaj sabab bo‘lishi mumkin

21:53 / 02.05.2025
Tramp prezident samolyotini almashtirishga qaror qildi

19:24 / 16.04.2025