Boeing samolyotlarining nosozliklari bilan boğliq qator mojarolar kompaniya rahbariyatida özgarişlarga olib keldi. Boeing boş direktori Deyv Kelxun 2024 yil oxirida öz lavozimini tark etadi, deya xabar beradi kompaniya. 

Şuningdek, direktorlar kengaşi raisi Larri Kellner va tijoriy parvozlar bölimi ijroçi direktori Sten Dil lavozimini tark etdi. Kellner örnini vaqtinça Stiv Mollenkopf egalladi, uning rahbarligida Boeing direktorlar kengaşining yangi rahbarini saylaydi. 

Mart oyida Boeing AQŞ aviatsiya nazorati organlari tomonidan audit doirasida ötkazilgan 89 ta tekşiruvdan 33 tasida yomon natijalarni körsatgan edi. Uşbu auditdan oldin Boeing 737 samolyotidagi nosozliklar bilan boğliq voqealar sodir bölgan. 

Bir holatda avialaynerning favqulodda çiqiş lyuki tuşib ketgan va samolyot Portlend aeroportiga favqulodda qönişga majbur bölgan. Uşbu voqeadan keyin Boeing 737 Max dasturi rahbari, Boeing zavodida samolyotlar işlab çiqarişni nazorat qilgan Ed Klarkni işdan böşatdi.