20:53 / 23.12.2019
0
3902
Ekologik partiya nomzodlari asosan yoshlardan iboratligi ijobiy hodisa – xalqaro ekspert

Bugun, 23 dekabr kuni, Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Kurmanov va qator senatorlar saylov jarayonlarida kuzatuvchi tarzida ishtirok etish uchun kelgan Malayziya delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Uchrashuvdan so‘ng mazkur delegatsiya rahbari, Malayziya parlamenti quyi palatasi vitse-spikeri Mox Rashid bin Xanson jurnalistlar bilan suhbatda joriy yilgi Parlament saylovlarida Ekologik partiyaning ham o‘z nomzodlari bilan ishtirok etganiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

«Kechagi saylovlarda Ekologik partiyaning nomzodlari asosan yoshlardan iborat ekanligi ham e'tiborimizni tortdi», deya qayd etdi Malayziya delegatsiyasi rahbari.

Shuningdek, xalqaro ekspert O‘zbekistonda oldingi saylovlarda Ekologik harakatga alohida kvota ajratilgani va to‘g‘ridan-to‘g‘ri parlamentda o‘ringa ega bo‘lganidan xabari borligini bildirib, bugun Ekologik partiyaning saylovlarda ishtirok etganini mamlakat uchun ijobiy qadam deb hisoblash mumkinligini qayd etdi.

Uning fikricha, atrof-muhit masalalariga e'tibor bilan qarash va odamlarni ogoh qilish nafaqat O‘zbekiston uchun, balki butun dunyo uchun dolzarb bo‘lib qolmoqda. 

Mavzu
Saylov-2019
2019 yilning 22 dekabrida O‘zbekiston parlamenti uchun saylovlar o‘tkaziladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top