Kamol Jumaniyozov saylovchilarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirib, saylovoldi dasturidagi muhim yo‘nalishlar - “yashil” energetika, “aqlli” qishloq xo‘jaligi tamoyillarini keng tatbiq etishning huquqiy asoslarini takomillashtirish, sohaga energiya va resurs tejovchi texnologiyalarni keng tatbiq etish va bu orqali asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosildorligini o‘rtacha 30-40 foizgacha oshirishni ta’minlash haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.

“Saylovoldi dasturda Orolbo‘yi hududida ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik holatni yaxshilashga davlat budjeti, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari mablag‘larini maqsadli yo‘naltirish ko‘zda tutilgan. Shu jumladan Nukus, Buxoro, Urganch, Xiva, Navoiy, Mo‘ynoq kabi aholi yashash punktlari atrofida “yashil belbog‘lar” barpo etish ishlari jadallashtiriladi”,- dedi ishonchli vakil.

Saylovoldi kampaniyasida barqarorlikni targ‘ib qilish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va sevimli xalqimizning tabiiy resurslarini himoya qilish bo‘yicha ularning kompleks rejalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Ekologik partiya matbuot xizmati