15:21 / 24.12.2019
0
4647

Urgutda suyultirilgan gaz ballonlarini o‘rnatish va yetkazish uchun undirilgan pul talon-toroj qilindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Unda, “Hududgazta'minot” Urgut filiali SUG muhandisi O.K. iste'molchilarni maishiy gaz ballonlar bilan ta'minlash va ularga suyultirilgan gaz mahsulotlarini yetkazib berishdan tushgan 328,8 mln. so‘m pul mablag‘larni bank muassasasiga topshirmasdan talon-toroj qilganligi aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan O.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top