“Hududgazta’minot” tasarrufidagi metan-şoxobçalarning qaysi biri, qayerda işlayotganini 24 soat davomida körsatib turuvçi mobil ilova işga tuşiriladi. Bu haqda 22 aprel kungi matbuot anjumanida Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Hasan Toşxöjayev ma’lum qildi.

“Qiş oylarida köpçilikni öylantirgan savol bor edi: “Qayerda metan-zapravka işlayapti, şu haqda ma’lumot bersanglar”, degan. Bundan bu yoğiga 24 soat davomida “Hududgazta’minot” tasarrufidagi metan-zapravkalarning qaysi biri, qayerda işlayapti... Bu “Yandeks” bilan hamkorlikda qilinayotgani uçun qayerda qanaqa tiqilinç borligi haqidagi ma’lumotlar onlayn tarzda uzatilar ekan”, – dedi u.

Hasan Toşxöjayev Kun.uz'ga bergan qöşimça izohida, bu butun respublika böyiça işlaşini ta’kidladi. Uning sözlariga köra, “Hududgazta’minot” tomonidan işlab çiqilayotgan uşbu ilova Yandex Go taksi ilovasiga integratsiya qilinadi. Lekin tizimning özi “Yandeks”ning içida emas, undan alohida ilova böladi.

“Mutaxassislar bu funksiyani Yandex Go taksi ilovasiga qöşişga ham harakat qilişyapti, mabodo sizda Yandex Go ilovangiz bölsa, qayerda zapravka işlayotgan bölsa, körişingiz mumkin böladi. Ammo “Hududgazta’minot” alohida metan zapravkalar uçun ilova ustida işlayapti. Yandex Go bilan integratsiya qilinib, real vaqt rejimida qayerda qança tirbandlik bor, qayerda qança kutişga töğri kelişini, siz turgan hududdan eng qulay zapravkani körişingiz mumkin böladi”, – dedi Toşxöjayev.

Uning qöşimça qilişiça, “Hududgazta’minot” tasarrufida bugungi kunda butun respublika böyiça 1329ta AGTKS bölib, kompaniya bilan şartnoma tuzgan barça şoxobçalar ilovaga kiritiladi.

“Kelgusida ilovada qaysi zapravka bölmasa, demak u “Hududgaz” bilan şartnoma tuzmagan va gazni “Hududgazta’minot” AJdan olmaydi. Ilova joriy yilning kuz-qiş mavsumida işga tuşişi reja qilinyapti. Qişda haydovçilarning qölida ilova böladi”, – deydi vazirlik matbuot kotibi.

Uning sözlariga köra, iste’molçilarga qöşimça qulaylik yaratiş maqsadida elektr energiyasi va tabiiy gaz sarfi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etuvçi mobil ilovalar işlab çiqilmoqda. Hozirda iste’molçilar bu ma’lumotlarni “Hududiy elektr tarmoqlari” va “Hududgazta’minot” rasmiy saytlarida şaxsiy kabinet orqali olişlari mumkin.

Eslatib ötamiz, kuz-qiş mavsumida, sovuq kunlarda tabiiy gaz bosimi kamayişi tufayli gazni birinçi navbatda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlariga yetkaziş maqsadida metan-şoxobçalar faoliyatiga odatiy ravişda çeklov kiritiladi. Bu esa şoxobçalar oldida juda uzan navbatlarni yuzaga keltiradi.