09:28 / 26.12.2019
0
14174

Neft uchun kurash: Suriya AQShni sudga berishga tayyorlanmoqda

Foto: AP Photo/Jae C. Hong

Suriya AQShga qarshi sudga da'vo arizasi berishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Suriya prezidenti maslahatchisi Busayn Sha'ban al-Mayadeen telekanali efirida aytib o‘tdi.

Sha'banning ta'kidlashicha, ayni vaqtda Suriya hukumati AQShni sudga berish uchun xalqaro maydonda qanday choralar ko‘rish zarurligini o‘rganmoqda.

Ta'kidlanishicha, rasmiy Damashq AQShga Suriya neftini o‘g‘irlash va arab davlati suverenitetini buzish ayblovlarini ilgari suradi.  

Sha'ban, shuningdek, AQShning suriyalik amaldorlarga qarshi kiritgan yangi sanksiyalarini tanqid qilgan. Uning aytishicha, Vashington tomonidan qo‘yilayotgan ayblovlar soxta dalillarga asoslangan.

Avvalroq Suriya prezidenti Bashar Asad AQShni Suriyada olingan neftni Turkiyaga yashirincha sotayotganlikda ayblagandi. 

O‘z navbatida, AQSh prezidenti Donald Tramp unga neft yoqishini va AQShning Suriyadagi bosh maqsadi neft ustidan nazoratni saqlab qolish hisoblanishini aytgan. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top