Prezident yanvar oyi o‘rtalarida parlamentga murojaatnoma yo‘llaydi

26 dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentda yangi qurilgan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi va muzeyni borib ko‘rdi va shu yerning o‘zida yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos olimlar hamda yosh ijodkorlar bilan muloqot qildi.
Prezident muloqot davomida Oliy Majlisga bo‘ladigan murojaatnomasi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
«Parlamentga qiladigan murojaatimiz tayyor bo‘lgan. Yangi parlament saylanishi bilan, nasib bo‘lsa, yanvar oyi o‘rtalarida bu tadbirni ham o‘tkazamiz», — deya prezident so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
An'ana bo‘yicha, O‘zbekiston prezidentining Oliy Majlisga qiladigan murojaatida yil nomi ham taklif qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, 22 dekabr kuni O‘zbekistonda Qonunchilik palatasi uchun saylovlar bo‘lib o‘tdi. Dastlabki natijalarga ko‘ra, 150 deputatlik parlamentga 125 deputat saylandi, 5 yanvar kuni 25ta saylov okrugida takroriy ovoz berish o‘tkaziladi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Usta dehqonlarga 100 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi
O‘zbekiston | 09:50
-
Navoiyda vintilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
O‘zbekiston | 09:47
-
Rossiya va Ukraina Istanbulda asirlarni almashish borasida kelishib oldi
Jahon | 09:43
-
Namangandagi qabristonda yong‘in sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 09:10
Mavzuga oid

18:33 / 05.02.2024
Prezident Parij-2024 o‘yinlaridagi natijalar tarixdagi eng yaxshisi bo‘lishi uchun zarur choralar ko‘rishni buyurdi

18:30 / 05.02.2024
Dorilar bepul ajratilsa-da, bemorlar ularni dorixonadan 10 barobar qimmat sotib olmoqda - prezident

18:13 / 05.02.2024
Har bir ona va bola o‘limi favqulodda holat sifatida baholanadi - prezident

14:13 / 05.02.2024