13:50 / 01.01.2020
0
11214
2019 yilda foydalanishdan voz kechilgan 10ta ilova va xizmatlar

Endi ulardan foydalanib bo‘lmaydi, lekin (aksariyat qismi) unutilmaydi.

2019 yilda biz bir vaqtning o‘zida bir nechta mashhur va unchalik ahamiyatga ega bo‘lmagan xizmatlarni yo‘qotdik. Ularni quyida esga olamiz. 

Cortana
2019 yilda Microsoft aqlli yordamchilar sohasida Apple, Google va Amazon bilan raqobatlasha olmasligini tan oldi. Noyabr oyida e'lon qilingan ma'lumotlarga qaraganda, uning Cortana xizmati Google Play va App Store asosiy bozorlaridan 2020 yil 31 yanvarda yo‘q bo‘lib ketadi. 

Google+
Avgust oyida Google ushbu ijtimoiy tarmoqni yopdi — qisman uning mashhur emasligi, qisman 500 mingdan ortiq foydalanuvchilar ma'lumotlarini obro‘sizlantirishi mumkin bo‘lgan jiddiy xavf sababli. Tan olish kerakki, u ancha avval yopilib ketishi kerak bo‘lgan xizmatlardan biri edi. 

Google'ning yana bir necha xizmati
2019 yilda qidiruv giganti o‘z mahsulotlari orasida keng miqyosli tozalash ishlarini olib bordi. Biz Google Trips, YouTube Gaming, YouTube Message va Allo bilan xayrlashdik (baribir deyarli hech kim foydalanmasdi). Biroq, ushbu xizmatlardan biri hali ham aktual edi — gap dastlab tajriba sifatida joylashtirilgan Inbox pochta xizmati haqida bormoqda. Ammo, uning eng muvaffaqiyatli ishlanmalari allaqachon standart Gmail'ga o‘tkazilmoqda, shuning uchun ikki ilovani bitta dasturga birlashtirish haqida gapirish mumkin. 

iTunes
Apple kompaniyasi macOS Catalina relizi bilan iTunes desktop ilovasini yo‘q qildi. Uning funksional imkoniyatlarining bir qismi «Tizim sozlamalari»ga, qolgani maxsus «Musiqa» dasturiga o‘tdi. 

Nintendo Wii App Store do‘koni
2019 yil 30 yanvar kuni Nintendo o‘zining Wii do‘konini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi. Konsolning o‘zi 2006 yilda chiqqanini hisobga olsak, Wii do‘koni o‘z mavjudligini qanday qilib buncha uzoq vaqt saqlab qolgani ajablanarli. 

Google Hangouts va Wunderlist
Ushbu ikki xizmat hali texnik jihatdan yopilmagan, ammo yopilishi e'lon qilingan. Wunderlist 2020 yil may oyida yopiladi (lekin Microsoft To-Do'ga o‘tishga yordam beradi), Hangouts esa iyunda. Uning o‘rnini birdaniga ikki xizmat egalladi: Hangouts Chat va Hangouts Meet.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top