“Smartbolla” kompaniyasi 10 ta noyob ilova işlab çiqişini e’lon qilib, odamlar loyihaga pul tikişi uçun katta piar kampaniya ötkazgan edi. Lekin 2022 yilda taqdim etilişi aytilgan ilovalar haligaça bitmadi, bu esa şubhalarni tuğdirmoqda. Jurnalist Dilbar Elamanovaning bu borada ötkazgan suriştiruvi Kun.uz'ning e’tiborini tortdi. Xöş, şou-biznes yulduzlari reklama qilgan loyiha taqdiri nima böldi? Loyiha asosçisi Murod Hasanov nima demoqda? Körsatuvni körib şular haqida batafsil bilib olasiz.

Bundan 3 yil oldin Dubayda oçilgan “Smartbolla” kompaniyasi Özbekistonda katta reklama kampaniyasini ötkazgan edi. Kompaniya özini jahon IT bozoriga şiddat bilan kirib kelayotgan brend sifatida taniştirib, ijtimoiy tarmoqlarni “portlatgan”, uni taniqli şaxslar reklama qilgandi. Hozirga kelib esa bu kompaniya faoliyati haqida turli şubha-gumonlar paydo böla boşlagan.

Bu borada suriştiruv e’lon qilgan jurnalist Dilbar Elamanova Kun.uz'ga bergan intervyusida loyihaga pul tikkanlar bilan suhbatlari va örganişlari çoğida tahdidga uçragani haqida gapirib berdi. “Smartbolla” kompaniyasi rahbari Murod Hasanov Kun.uzʼga bergan izohida suriştiruvda iddao qilingan holatlarni rad etdi.

Dilbar Elamanova Factchecknet.uz saytida e’lon qilgan suriştiruvida “Smartbolla” kompaniyasining şiddatli piar kampaniyasi ortidan odamlar çuv tuşgani, 100 dollardan 7 ming dollargaça pul tikkan investorlar 2 yildan beri pullarini qaytarib ololmayotgani haqida söz yuritadi.

2021 yilda oçilgan “Smartbolla” kompaniyasi noyob algoritmga ega ilovalarni işlab çiqişi, xohlovçilar loyihaga 100 dollardan 90 ming dollargaça pul tikişi mumkinligi, kompaniya foydaga kirganidan keyin esa ularga foydadan dividend tölaşni va’da qilgan.

“2021 yil boşida ular Instagram'ni portlatdi desa ham böladi. Mega yulduzlar, odamlar yaxşi köradigan blogerlar va hattoki Markaziy Osiyoda özining imiji va obrösiga ega bölgan Alişer Uzoqov ham bir neça oy Dubayda böldi. Şu kompaniyaning faoliyatiga qiziqişni boşladim. Ular birin-ketin özlari işga tuşirmoqçi bölgan dasturlar haqida e’lon berdi – ular bu dasturlarni noyob algoritmga ega dasturlar deb taniştirgandi. GPT'dan sörab kördim, şunaqa loyihani amalga oşiriş qançalik imkonli, şunday loyiha özi amalga oşirilganmi, deb söraganimda, qiyin masala deb javob berdi. Qanday qilib GPT qiyin degan narsani biznikilar qila olarkan degan savol tuğildi”,