Surxondaryo viloyati Şörçi tumanida yaşovçi 20 yoşli Yu.O. IIOga murojaat qilib, öziga tegişli bölgan bank kartasidan 2 525 000 söm miqdoridagi pul mablağlari noma’lum şaxs tomonidan özlaştirilganini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bölinmalari xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Şörçi tumanida yaşovçilar 18 yoşli M.B. hamda 24 yoşli E.M. sodir etgani aniqlandi.
Unga köra, M.B. va E.M. jabrlanuvçi Yu.Oga SMS-xabarnoma (soxta havola) yuboriş orqali şaxsiy ma’lumotlarini qölga kiritib, uning bank mobil ilovasiga ikkinçi foydalanuvçi sifatida ulanib olgan va 2 525 000 söm pullarni özining foydalanuvida bölgan bank plastik kartasiga ötkazib olgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, M.B. va E.M.ning sodir etilib foş etilmay qolgan boşqa şu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekşiriş yuzasidan tezkor-suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Qonunga muvofiq, JKning 169-moddasi 3-qismi "b" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uçun 5 yildan 8 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilgan.













