21:42 / 01.01.2020
0
14766
Hongkongdagi namoyishda milliondan ko‘proq odam ishtirok etdi 
Foto: EPA/TASS

Hongkongda 1 yanvarda o‘tgan Yangi yil birdamlik marshida 1,03 mlndan ko‘proq odam ishtirok etdi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar berdi. 

Namoyish vaqtida 400 dan ko‘proq qoidabuzar ushlangan. Aksiya politsiya talabiga ko‘ra muddatdan oldin yakunlangan.

Namoyishchilar avvalgi namoyishlar ishtirokchilarining hibsga olinishi va politsiya xatti-harakatlarining tergov qilinishi, barcha hibsga olinganlarning afv etilishi hamda umumiy saylov huquqi kiritilishini talab qilishgan. 

Namoyish tashkilotchilarining baholashicha, joriy marsh ishtirokchilari soni bo‘yicha eng yiriklaridan biri bo‘lgan.  

Politsiya ba'zi namoyishchilarning ko‘poruvchi harakatlari tufayli namoyishni muddatdan avval yakunlashni talab qilgan. 

1 yanvarga o‘tar kechasi Hongkongda namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz bergan. Politsiya tartibsizliklar ishtirokchilariga qarshi suvpurkagich va ko‘zni yoshlatuvchi gaz qo‘llagan. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top