AQŞ prezidenti Jo Bayden yana bir nufuzli universitet hududidagi Falastin tarafdorlari lageri demontaj qilingandan söng, namoyişlar çoğidagi zöravonliklarni keskin qoraladi. U 2 may, payşanba kuni Oq uyda bölib ötgan brifingda Isroilning Ğazo sektoridagi harbiy amaliyotiga qarşi Amerika universitetlarida ötkazilayotgan noroziliklarni izohlar ekan: «Fuqarolar norozilik bildiriş huquqiga ega, lekin tartibsizlik yaratişga haqli emas», dedi.
Baydenning sözlariga köra, Qöşma Ştatlar - «norozilik ovozlari» öçiriladigan avtoritar mamlakat emas, balki «tartib hukmron bölişi kerak bölgan fuqarolik jamiyati». Talabalar kampuslaridagi namoyişçilar öz fikrlarini erkin bildiriş huquqiga ega, lekin qonunni buzmasligi yoki zöravonlik qilmasligi kerak, deya qöşimça qildi u.
«Zöravonlik sodir bölganda, bu noqonuniydir. Mulkni yöq qiliş tinç namoyiş emas. Bu qonunga ziddir. Vandalizm, bosqinçilik, derazalarni sindiriş, kampuslarni yopiş, darslarni bekor qiliş - bularning heç biri tinç namoyiş emas», - deya ta’kidladi Amerika prezidenti.
Bayden: Amerikada antisemitizm va islomofobiya uçun joy yöq
Jo Baydenning aytişiça, «Amerikada antisemitizm yoki yahudiy talabalarga nisbatan zöravonlik tahdidi, islomofobiya yoki arab va falastinlik amerikaliklarga nisbatan kamsitiş uçun joy yöq». Şu bilan birga, prezident kampuslardagi norozilik namoyişlari uni Isroil va Yaqin Şarqqa nisbatan siyosatini qayta körib çiqişga majburlamaganini ta’kidladi.
Aprel oyi örtalaridan beri Amerikaning önlab universitetlari hududlarida Falastin tarafdorlari norozilik namoyişlari bölib ötmoqda. Namoyişlar Los-Anjyelesdagi Kaliforniya universiteti, Texas universiteti, Çapel Xilldagi Şimoliy Karolina universiteti, Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universiteti va boşqalarni qamrab oldi. Talabalar AQŞdan Isroil bilan barça moliyaviy aloqalardan voz keçişni va Isroilning Ğazo sektoridagi harbiy amaliyotini qöllab-quvvatlaşni töxtatişni talab qilib, kampuslarda çodirlar qurdi. Uç hafta mobaynida AQŞ kollejlari va universitetlari kampuslarida 1500 dan ortiq kişi qölga olingan.
29 aprel kuni namoyişçilar Kolumbiya universiteti kampusidagi asosiy binolardan biri bölgan, asosan ma’muriy ofislar joylaşgan Hamilton-hollni egallab, tösib qöydi. Faollar bosib olingan binoda taxminan 12 soat turişga muvaffaq böldi, şundan söng politsiya reyd ötkazib, uni ozod qildi. 300 ga yaqin kişi uşlangan.












