Tbilisida bir guruh noma’lum şaxslar «çet el agentlari» töğrisidagi qonunga qarşi namoyişlar iştirokçilariga hujum qilişdi. Gurjiston matbuotiga köra, poytaxtdagi Qahramonlar maydoniga hujum 3 may, jumaga ötar keçasi sodir bölgan va taxminan 10 daqiqa davom etgan — voqea joyiga odamlar töplana boşlagan. 

Pirveli telekanaliga köra, 20 ga yaqin kişi hujum iştirokçisi bölgan, «Gurjiston Online» ma’lumotlariga köra, hujumda 15 ga yaqin odam qatnaşgan - ular miting ötkaziladigan joyga bir neçta maşinalarda kelgan. Naşr keltirgan namoyişçilarning sözlariga köra, ular velosipedda ketayotgan odamni yiqitgan va maşinalaridan tuşib, «yana bir neça namoyişçilarga zarba bergan». 

Kamida beş nafar qurbon haqida xabar berilgan: bir neçasining boşi yorilgan, birining tişi singan. Şifokorlar ularga voqea joyida yordam berişdi. Hujum qilganlar voqea joyini tark etişga muvaffaq bölgan. 

Namoyişçilar «töliq itoatsizlik» bilan tahdid qildi 

2 may oqşomida «Xorijiy ta’sirning şaffofligi» qonun loyihasiga qarşi namoyişçilar öz talablarini e’lon qildi. Ulardan birinçisi, barça «noqonuniy va nohaq hibsga olinganlarni» ozod qilişdir. Ikkinçi va «eng muhimi» - «çet el agentlari» töğrisidagi qonun loyihasini qaytarib oliş, aks holda namoyişçilar «töliq itoatsizlik» e’lon qiliş niyatida. Uçinçi talab - ayollar, bolalar va boşqa namoyişçilarga nisbatan zöravonlik qöllaganlarning barçasi «mumkin bölgan darajada jazolanişi». 

Namoyişçilarni xalqaro darajada qöllab-quvvatlaş

Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Inson huquqlari böyiça oliy komissari Folker Tyurk Gurjiston hukumatini qonun loyihasini qaytarib olişga, fuqarolik jamiyati va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan «muloqot boşlaşga» çaqirdi. U, şuningdek, politsiya tomonidan namoyişçilarga nisbatan «asossiz va nomutanosib» kuç işlatganidan xavotir bildirdi. 

Moldova prezidenti Mayya Sandu va Şvetsiya taşqi işlar vaziri Tobias Billstryom ham namoyişçilarni qöllab-quvvatladi. 

AQŞ Davlat departamenti ta’kidlaşiça, «hukumatning duşmanona ritorikasi va antidemokratik qonunlarni qöllab-quvvatlaşi Gurjiston yevroatlantika kelajagini xavf ostiga qöyadi». Amerikaning Tbilisidagi elçixonasi xabar berişiça, Gurjiston tomoni hukumat yuqori martabali amaldorlaridan iborat delegatsiyaga «strategik şeriklik va yordamga oid har qanday masalalarni muhokama qiliş uçun» AQŞga taşrif buyuriş taklifini rad etgan.