09:01 / 01.01.2020
0
4499
Xorvatiyaning panjara ortida bo‘lgan sobiq bosh vaziriga yana 6 yillik qamoq jazosi berildi

Zagreb okrug sudi Xorvatiyaning sobiq prezidenti, hozirda qamoq jazosini o‘tayotgan Ivo Sanaderni pora olganlik uchun yana 6 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi. 

Ta'kidlanishicha, Sanader Vengriyaning MOL neft kompaniyasiga Xorvatiyaning INA energetik kompaniyasi aksiyalarini taqdim qilganlik evaziga 10 mln yevro pora olgan. Sud, shuningdek, MOL kompaniyasining sobiq rahbari Jolt Ernadiyani pora berganlik uchun 2 yillik qamoq jazosiga hukm qilgan.    

Sobiq bosh vazirning advokati sud hukmi yuzasidan oliy sudga shikoyat qilishini aytgan. Agar sud hukmi kuchga kirsa, Sanader davlatga 10 mln yevro to‘lab berishi kerak bo‘ladi.

Sanader Xorvatiya hukumatiga 2003-2009 yillarda rahbarlik qilgan. U korrupsiya bo‘yicha bildirilgan ayblovlardan keyin 2010 yilda Xorvatiyadan qochib ketgan.  

Keyinroq Sanader Avstriyada qo‘lga olinib, Xorvatiyaga topshirilgan. U Hypo Bank’dan 570 ming dollar pora olgani uchun 2018 yilda 2,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Sanader ayni vaqtda ushbu qamoq jazosini o‘tamoqda.

 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top