18:33 / 06.01.2020
2
59119
UzAuto Motors kompaniyasi IPO o‘tkazishni rejalashtirmoqda

UzAuto Motors aksiyalarni dastlabki ommaviy joylashtirish (IPO) o‘tkazishni rejalashtirmoqda, deb ma'lum qildi «O‘zavtosanoat» Strategik rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i Rustam Qodirov.

«Davlatning biznesdan chiqadigan vaqti keldi. Bu haqda ochiq aytamiz. Agarda kimdir kompaniya ulushini sotib olishni istasa (gap xorijlik investorlar to‘g‘risida bormoqda – tahr.), buni qo‘llab-quvvatlaymiz. Bundan tashqari, UzAuto Motors IPO o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu ko‘proq Yevropa birjasida bo‘lsa kerak», – dedi u.

O‘zbekiston prezidentining 2019 yil 18 iyuldagi qaroriga ko‘ra, «O‘zavtosanoat» AJ tarkibiga kiruvchi ikkitadan kam bo‘lmagan aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini milliy va xalqaro fond bozorlarida dastlabki ommaviy joylashtirish (IPO) yo‘li bilan investorlarni jalb etish ko‘zda tutilgan.

«O‘zavtosanoat» AJ tarkibidagi ustav kapitallari ulushi xorijlik investorlarga sotiladigan korxonalar ro‘yxatidan UzAuto Motors, Avtooyna, Avtokomponent va Uzavtosanoat Leasing joy olgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top