18:50 / 07.01.2020
1
7194
Oyoq kiyimlari ichida 40 ming AQSh dollarini yashirincha olib chiqishga bo‘lgan urinish fosh bo‘ldi

Naqd xorijiy valutalarni yashirin yo‘llar bilan olib chiqishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan samarali kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Do‘stlik” chegara bojxona posti orqali qo‘shni mamlakatga piyoda holda chiqib ketayotgan fuqaro D.K.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e'tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, uning oyoq kiyimlarining har bir poyida 20 000 AQSh dollaridan – jami bir juft oyoq kiyimda 40 000 AQSh dollari ustamonlik bilan yashirilgani aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top