19:30 / 09.01.2020
0
7014
Karlos Gonga Livanni tark etish taqiqlandi

Livan prokuraturasi Renault-Nissan-Mitsubishi avtokonsernining sobiq rahbari Karlos Gonga Livanni tark etishni taqiqladi. MTV telekanalining xabar berishicha, bu qaror Interpol Yaponiyaning iltimosiga ko‘ra Gonni qo‘lga olishga order bergani bilan bog‘liq holda qabul qilingan. 

Prokurorlar, shuningdek, Gondan Fransiya pasportini topshirishni so‘rashgan. Bundan oldin Gon 2 soat davomida so‘roq qilingan. Undan shuningdek Livanda yashaydigan manzilini ko‘rsatish, Livan bilan rasman urush holatida bo‘lgan Isroilga 2008 yilda amalga oshirgan safari haqida so‘ralgan. 

Bundan tashqari, livanlik prokurorlar Tokiodan Gon ishi bo‘yicha materiallarni so‘rashgan.

Ma'lum qilinishicha, Interpolning Gonni ushlashga bergan orderi bajarilishi majburiy hisoblanmaydi. Shuningdek, Livan va Yaponiya o‘rtasida gumonlanuvchilarni o‘zaro ekstraditsiya qilish borasida kelishuvlar yo‘q. 

Yaponiyada sobiq top-menejyer korporatsiya pullarini xarjlab yuborish, ishonchni suiiste'mol qilish va real daromadlarni yashirishda ayblanmoqda. 

Tokioda uy qamog‘ida bo‘lgan Gon dekabr oxirida Yaponiyadan Livanga qochib ketgandi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top