Isroilga Livandan 40 ga yaqin raketa uçirildi, deb xabar berdi Isroil mudofaa kuçlari (TsAHAL) matbuot xizmati.
Departamentning ta’kidlaşiça, raketalarning bir qismi urib tuşirilgan, qolganlari esa kimsasiz hududlarga qulagan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, qurbonlar yöq.
TsAHAL qöşimça qilişiça, Isroil havo hujumidan mudofaa kuçlari avvalroq ikkita dronni urib tuşirgan. Bundan taşqari, sönggi bir neça soat içida Isroil harbiylari Livan janubidagi nişonlarga bir neça bor zarbalar berdi, deyiladi press-relizda.
Isroilning The Times of Israel naşri «Hizbulloh» Isroilga qilingan hujum uçun mas’uliyatni öz zimmasiga oldi, deb yozdi. Guruh Isroil artilleriya pozitsiyalariga «önlab» raketalar otganini da’vo qilmoqda.
TsAHAL xabariga köra, Isroil şimolida kamida ikki marta havo hujumi haqida ogohlantiriş e’lon qilingan. Internetda Isroil havo mudofaasi işini aks ettiruvçi videolar ham paydo böldi.
1 aprel kuni Isroil aviatsiyasi Suriyaning Damaşq şahridagi Eron konsulligiga zarba berdi. Hujum oqibatida Islom inqilobi qöriqçilari korpusining yetti nafar a’zosi, jumladan «Quds» kuçlari qömondoni general Muhammad Rizo Zohidiy va general Muhammad Hodi Hoji Rahimiy halok böldi.
Zarbadan söng Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy Isroilni nazarda tutib «sionistik rejim jazolanişini» aytdi. Keyinroq Xomanaiyning harbiy maslahatçisi Isroil elçixonalarining heç biri «endi xavfsiz emas» deb tahdid qildi.
AQŞ prezidenti Jo Bayden 11 aprel kuni Eron öz qömondonlarining öldirilişiga javoban Isroildagi nişonlarga zarba berişni rejalaştirayotgan bölişi mumkinligini aytdi. Şundan söng, Qöşma Ştatlarning Isroildagi elçixonasi öz xodimlariga «xavfsizlik nuqtai nazaridan» Quddus, Tel-Aviv va Beerşebadan taşqariga çiqmaslikni buyurdi.
Axios manbalariga köra, agar Vaşington Eron va Isroil örtasidagi ziddiyatga aralaşsa, Eron mintaqadagi AQŞ bazalariga hujum qilinişidan ogohlantirgan.













