09:10 / 10.01.2020
1
38186
2019 yilda o‘zbekistonliklarning ish haqi darajasi qanday bo‘ldi?
Foto: KUN.UZ

Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi ma'lumotlari asosida O‘zbekistonda 2019 yil yanvar va noyabr oylarida ish haqi darajasining dinamikasi qanday bo‘lganini ochiqladi.

2019 yilning noyabr oyi holatiga ko‘ra, aholining katta qismi (43,6 foiz) 1 mln so‘mgacha ish haqi olgan - 1 761 007 kishi. 2019 yilning yanvar oyida - 1 855 361 kishi (50,7 foiz).

2 mln so‘mgacha ish haqi oluvchilar soni 0,2 foizga ortdi. 2019 yilning yanvar oyida bu ko‘rsatkich 27,5 foizni tashkil etgan bo‘lsa (1 007 788 kishi), o‘tgan yilning noyabr oyida 27,7 foiz (1 118 827 kishi).

4 mln so‘mgacha oylik oladigan fuqarolar soni esa deyarli 4 foizga o‘sgan - 2019 yil yanvar oyida 16,8 foiz (613 528 kishi), 2019 yil noyabr oyida 20,0 foiz (806 891 kishi).

Bundan tashqari, 5,5 mln so‘mgacha ish haqi oluvchilar soni ham ortdi. 2019 yilning yanvar oyida bu ko‘rsatkich 2,6 foizni tashkil etgan bo‘lsa (96 549 kishi), o‘tgan yilning noyabr oyida 4,3 foiz (172 464 kishi).

5,5 mln so‘mdan ortiq ish haqi oladiganlar soni ham o‘sdi. 2019 yil yanvar oyida 2,4 foiz (87 388 kishi), 2019 yil noyabr oyida 4,3 foiz (175 483 kishi).

2019 yil yanvar va noyabr oylarida ish haqi darajasining dinamikasi

 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top